Перейти к основному содержанию
Shoirona
Системная

Наследие

Toleim

Muqimiy
Опубликовано
Издание
Toleim
Язык
uz
Ohkim, afsus, emas har ishda rahbar toleim, Vojgundur, imtihon qildimki, aksar toleim. Yuz tarafdin yetkurub gardi kudurat, zangi g‘am, Aylagay oinayi tab’im mukaddar toleim. Har necha qilsam tavallo – zori qilmas, iltifot, Ro‘yigardon teskari, tobora badtar toleim. Ro‘zgorim tiyra, iqbolim zabun, baxtim qaro, Bo‘lsa ravshan, bormukin tadbiri digar toleim? Nogahon bersam, Muqimiy, bir musulmonga salom, Daf’atan ikki qulog‘ini qilur kar, toleim.
Все произведения автора