Asosiy mazmunga oʻtish
Shoirona
Tizim

Meros

Umr xush o‘tmas

Furqat
E’lon qilingan
Nashr
Umr xush o‘tmas
Til
uz
Umr xush o‘tmas bahor ayyomi sahro bo‘lmasa, Lolazor ichra bisoti aysh barpo bo‘lmasa. Hosil o‘lmas bodau jom ila miynodin murod, Jilvagar to soqiyi gulchehra ando bo‘lmasa. Bazm ahli bo‘lsalar mayxoralar anda zarif — Dardi yo‘q ag‘yor o‘shal majlisda aslo bo‘lmasa. Dahr gulzorida xushdir yaxshi ta’miri bisot, Gar xazondin gardi hodis anda paydo bo‘lmasa. Obihayvon birla umri jovidonni ne qilay Bir xati Xizru labi la’li Masiho bo‘lmasa. Xok bo‘lsun ul tanekim, ishq o‘tida kuymasa, Zeripo bo‘lsun sarekim, anda savdo bo‘lmasa. Furqat aylar orzu bu anjumaini har bahor, Odam ermas har kishida bu tamanno bo‘lmasa.
Muallifning barcha asarlari