Asosiy mazmunga oʻtish
Shoirona
Tizim

Meros

Kim desun

Muqimiy
E’lon qilingan
Nashr
Kim desun
Til
uz
Ul tag’ofulpeshag’a holi xarobim kim desun? Hajrida mundog’ meni ko’rgan azobim, kim desun? Kunduzi bir yerda bir dam olmay oromu qaror, Lahzae yo’q kechalar ko’zlarda xobim, kim desun? O’z ko’mochig’a, masalkim, tortadur kul har kishi, Bas, kuyub ishqida chekkan iztirobim, kim desun? Kuymagan bo’lsa birov mehru muhabbat o’tig’a, Sham’dek to subh o’rtab tabu tobim, kim desun? Hamnishindurlar ulug’larga xushomadgo’ylar, Yo’lida jononimi xayru savobim kim desun? Gar qilich boshimg’a ham kelsa, degayman rostin, So’zki haq bo’lsa, savolimg’a javobim, kim desun? Do’stlar, so’rsang g’izosidin Muqimiy, erta-kech, Qon sharob ichsam, jigarlardur kabobim, kim desun?
Muallifning barcha asarlari